FIFA rus klubiga transfer taqiqi qo‘ydi
FIFA Qozonning "Rubin" klubiga yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni taqiqlab qo‘ydi.
Gap shundaki, “Rubin” himoyachi Filip Uremovichning transfer mablag‘ini o‘z vaqtida o‘tkazib bermagani uchun Sloveniyaning "Olimpiya" klubiga jarima to‘lashdan bosh tortgan. Aytish kerakki, xorvatiyalik futbolchi qozonliklar safiga 2018 yilning yozida 1 mln evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi.
Filip Uremovich o‘tgan davr mobaynida “Rubin” safida 45 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar