FIFA Ryudiger bilan bo‘lgan mojaro sabab, rasmiy ish boshladi
FIFA Meksikaning "Pachuka" jamoasi himoyachisi Gustavo Kabralga nisbatan intizomiy tekshiruv boshladi.
"Reuters" nashrining xabar berishiga ko‘ra, bunga uning Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida "Real Madrid"ga qarshi kechgan o‘yindagi xulq-atvori sabab bo‘lganligi aytilmoqda. Guruh bosqichining ikkinchi tur uchrashuvi 22 iyun kuni Sharlottada bo‘lib o‘tdi va Ispaniya jamoasining 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvning yakuniy hushtagi chalingandan keyin bosh hakam irqchilikka qarshi protokolni ishga tushirdi. Bu esa FIFAning keyingi harakatlariga asos bo‘ldi. Rasmiy bayonatda aytilishicha, Kabral va Antonio Ryudiger o‘rtasidagi hodisa yuzasidan tergov boshlangan. Gustavoning o‘zi o‘yindan so‘ng bergan intervyusida irqchilik ruhidagi gaplarni aytmaganligini ta’kidlab, aybsiz ekanligini aytib o‘tgan edi.
Eslatib o‘tamiz, "qaymoqranglilar" 26 iyun kuni "Zaltsburg" ga qarshi maydonga chiqadi. Bo‘lajak uchrashuv tonggi 06:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Fikrlar