FIFA vakillari yangi barpo etilayotgan O‘zbekiston terma jamoalari markazining maydonlari bilan tanishdilar
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Toshkent viloyatida FIFA bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan O‘zbekiston terma jamoalari markazidagi qurilish-rekonstruktsiya ishlari qizg‘in davom etmoqda. FIFA vakillari Andrey Vashkevich va Lorentso Fofi ushbu markazni ko‘zdan kechirish maqsadida qurilish maydoniga tashrif buyurishdi.

FIFA vakillari mazkur bazadan o‘rin olgan obektlar, xususan, asosiy va mashg‘ulot maydonlari bilan tanishdilar. “HATKO” mutaxassislari bilan maydonlar holati, ularni saqlash texnologiyalari, stadion infratuzilmasi yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, ushbu maydonlar Angliyaning “ProPitch” kompaniyasi tomonidan maxsus test yordamida o‘rganib chiqildi va xulosalar taqdim qilindi.
O‘z o‘rnida FIFA vakillari loyiha yuzasidan o‘zlarining takliflarini bildirib o‘tishdi.
O‘FA matbuot xizmati.
Fikrlar