"Fight baza" "Muradov legion team"ga qarshi!
Xabaringiz bor, 25-27 dekabr kunlari O‘zbekiston pankration va greppling assotsiatsiyasi tomonidan pankration bo‘yicha klublar o‘rtasida Gran-Pri tashkil etiladi. Bugun ushbu musobaqa oldidan qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
"V" guruhi
"Medved" (Qo‘qon)
"Vodiy MMA" (Farg‘ona)
"Milliy gvardiya"
"Hasanov Team"
"A" guruhi
"Bobur o'g'lonlari" (Andijon)
"Fight baza" (Toshkent)
"Muradov legion team" (Toshkent)
"Magdiyev Team" (Toshkent)
Dastlabki to‘qnashuvda "Muradov legion team" "Fight baza" bilan, "Bobur o'g'lonlari" "Magdiyev Team" bilan, "Vodiy MMA" "Medved" bilan va "Milliy gvardiya" "Hasanov Team" bilan kurash olib boradi. Guruh g‘oliblari birinchi va ikkinchi uchun kurashsa, ikkinchi o‘rinni egallaganlar esa uchinchi o‘rin uchun da’vogarlik qiladi.



Fikrlar