
Figu: "Faoliyatim davomida hech kim meni bunchalik kamsitmagan edi". U kim haqida gapirdi?
Portugaliyalik mashhur futbolchi Luish Figu italiyalik murabbiy Roberto Manchinini jiddiy tanqid qildi. Aytish kerakki, Figu “Inter”da aynan Manchini qo‘l ostida to‘p surgan va 2009 yilda shu jamoada faoliyatini yakunlagan edi.
“Roberto Manchini “Inter”da meni juda ham kamsitdi, faoliyatim davomida hech qachon bunday kamsitilmagan edim. Men “Inter”da qiynaldim. Axir men 20 yoshda emasdim, allaqachon 34-35 yoshda edim. Men u erda noqulay vaziyatga tushib qoldim. Gap men har doim maydonga tushishni xohlaganimda emas. Shunchaki 85 daqiqa chigalyozdi qilsangda, seni bor yo‘g‘i 3 daqiqaga maydonga tushirishsa, bu normal holat emas”, - deydi Figu.
Fikrlar