Filipe Luis hech kim erishmagan rekord o‘rnatdi

  • 05.09.2026 15:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiya chempionati uchinchi turida «Monako» jamoasi o‘z maydonida PSJ ustidan irodaviy g‘alabaga erishdi. Qizg‘in kurashlarga boy uchrashuv 2:1 hisob bilan monegasqlar foydasiga yakunlandi.

Bu natija «Monako» bosh murabbiyi Filipe Luis uchun navbatdagi muvaffaqiyat bo‘ldi. U jamoani qabul qilib olganidan beri ketma-ket beshinchi bor maydonni g‘alaba bilan tark etmoqda. Actu Foot Stats nashri ta’kidlashicha, braziliyalik mutaxassis klub tarixida barcha musobaqalardagi ilk besh uchrashuvini yutishga muvaffaq bo‘lgan ilk murabbiy sifatida qayd etildi.

«Monako» shu kunga qadar Frantsiya chempionatida uch bor g‘alaba qozondi, shuningdek, Konferensiyalar ligasi saralash bosqichidagi ikki o‘yinda ham raqiblarini mag‘lub etdi.

Liga 1ning to‘rtinchi turida Filipe Luis shogirdlari safarda «Strasburg» mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv 12 sentabr kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 20 :15 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!