Filipp Kolshrayber va Rojer Federer o‘zaro to‘qnash kelishi mumkin
Rossiyalik Karen Xachanos Rotterdamdagi turnirning birinchi davrasida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
U “ABN AMRO World Tennis Tournament – 2018” turnirining ilk davrasida Germaniyalik Filipp Kolshrayberga qarshi kortga chiqdi. Uch set davom etgan uchrashuvda Filipp raqibini 3:6, 7:6, 7:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Endi musobaqaning ikkinchi davrasida Filipp Kolshrayber shveytsariyalik Rojer Federer va belgiyalik Ruben Bemelmans uchrashuvi g‘olibiga qarshi bahslashadi.

Fikrlar