Filippe Koutino ariza yozdi
"Bavariya" klubi yarim himoyachisi Filippe Koutino jamoada qolmoqchi. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, braziliyalik futbolchi Myunxenda qolishni istamoqda. Koutino "Bavariya"da doimiy tarzda maydonga tushmoqda. Shu bois futbolchi klubdagi o‘rnidan qoniqmoqda.
Shuningdek, "Bavariya" tez orada futbolchining transferini sotib olishga harakat qilib ko‘radi. Koutinoning transferi hozirda "Barselona"ga tegishli va "Bavariya"da ijara asosida to‘p tepmoqda.

Fikrlar