
Finaldagi mag‘lubiyatga qaramay, MYu Sulsherga yangi shartnoma taklif qilmoqchi
"Manchester Yunayted" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Ule Gunnar Sulsher bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi.
The Telegraph nashri tarqatgan xabarga qaraganda, yaqin orada klub vitse-prezidenti Ed Vudvord norvegiyalik mutaxassisga 3 yillik maxsus taklif bilan murojaat qiladi. Bundan tashqari, rahbariyat Sulsherga yozda kamida 4 ta yangi futbolchi sotib olishga va’da bermoqda.
"Manchester Yunayted" bu mavsum Angliya premer-ligasi hamda Evropa ligasida 2-o‘rinni egalladi. Shu tariqa, “qizil iblislar” kelasi mavsum uchun EChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
48 yoshli Sulsher “Manchester Yunayted”ni 2018 yildan buyon boshqarib kelmoqda. U bungacha "Myolde" hamda "Kardiff Siti" kabi jamoalarga ustozlik qilgan.
Fikrlar