Finaldan so‘ng ko‘plab qiziqarli faktlar bilan tanishing!

  • 29 may, 2022, 13:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa chempionlar ligasi finali doirasida "Liverpul" - "Real" jamoalari kuch sinashganidan xabaringiz bor. Unda "qirollik klubi" 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqa g‘olibiga aylandi. 

Tecno

Ushbu bellashuv yakuniga etgach, SPORTS.uz muxlislar e’tiboriga ayrim qiziqarli faktlarni havola etadi. Marhamat, quyida batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.

1. "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti chempionlar ligasida eng ko‘p g‘olib bo‘lish borasida yaqqol etakchiga aylanib oldi. Uning hisobida 4 ta "shalpangquloq" mavjud. Undan keyin kelayotgan Zinedin Zidan va Bob Peysli 3 marotaba bu nufuzli turnirda zafar quchgan.

2. "Real" 14-bora EChL(Evropa chempionlar ligasi) kubokini qo‘lga kiritdi. Bu musobaqa uchun mutlaq rekord natija sanaladi. 2-o‘rindagi "Milan" 7 marta kubok egasiga aylangan. 

3. "Liverpul" bu mavsum o‘zi ishtirok etgan 3 final o‘yinida birorta gol ura olmadi. "Chelsi"ga qarshi kechgan Angliya liga kubogi va Angliya kubogi final bahsida jamoa penaltilar seriyasiga ko‘ra zafar quchgan.

4. "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp EChL finallarining 3 tasida mag‘lubiyatga uchradi. Boy berilgan 3 finaldan ikkitasi "Real" tomonidan qabul qilib olingan. 

5. "Real" APL kuchli uchligida borayotgan uchala jamoani ham taslim etdi. Dastlab 3-o‘rin sohibi "Chelsi", keyin chempion "Manchester Siti" va finalda 2-o‘rin egasi "Liverpul" mag‘lub etildi. 

6. "Qirollik klubi" 1-taymda birorta aniq zarba yo‘llay olmadi. Birinchi bo‘limdan so‘ng umumuy zarbalar soni "Qizillar" foydasiga 10:1 edi.

7. Karlo Anchelotti faoliyatidagi 23-sovrinni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, "Real" bilan 7-kubokni boshi uzra baland ko‘tardi.

8. Madridliklar posboni Tibo Kurtua bu mavsum EChLda 59 ta seyv amalga oshirdi. Bu 2003-2004 yilgi mavsumdan beri qayd etilgan eng yaxshi natija.

9. Ispan klublari EChLda 19-marotaba g‘olib bo‘ldi. Bu musobaqa rekordi sanaladi. 2-o‘rindan 14 ta g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ingliz klublari joy olgan. 

10. "Real" oxirgi 9 ta EChLning 5 tasida kubok egasiga aylandi.

                                                                                                                                            Shohrux Zoirov tayyorladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!