Firmino APLda 50 ta gol urgan ilk braziliyalik

APL 4-tur uchrashuvida "Byornli" "Liverpul"ni qabul qilib, 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Bellashuvning 80-daqiqasida Roberto Firmino o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Shu bilan birga, 27 yoshli futbolchi APLda 50 ta gol urgan dastlabki braziliyalik bo‘ldi.

Firmino "Liverpul"da 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.

Yangi boshlangan mavsumda, braziliyalik 2 ta gol urish bilan birga, 2 ta golli uzatmani ham amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!