"Flamengo" "Liverpul" sobiq futbolchisini oʻz safiga qoʻshib olmoqchi

  • 07.02.2026 14:36
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

Braziliyaning "Flamengo" klubi "Al-Hilol" safida harakat qilib kelayotgan Darwin Nunyensni oʻz safiga qoʻshib olmoqchi. Bu haqida UOL nashri xabar bermoqda. 

Manba maʼlumotiga koʻra, Braziliya klubi rahbariyati allaqachon Saudiya jamoasiga futbolchi transferi boʻyicha taklif bilan chiqqan. Lekin "qizil qoralar"ni hujumchining katta maoshi muammo boʻlmoqda. Shu bois, transfer amalga oshmasligi mumkin. Bundan tashqari "Flamengo" "Tottenxem" hujumchisi Risharlisonni ham kuzatib kelmoqda. 

Eslatib oʻtamiz, 26 yoshli urugvaylik futbolchi yozda "Liverpul"dan Saudiya klubi safiga kelib qoʻshilgan edi. Joriy mavsumda forvard 22 ta bellashuvda maydonga tushib, 7 ta gol va 5 ta golli uzatmani oʻz nomiga yozdirib qoʻyishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!