Flik alamli mag‘lubiyat sababini aytdi
Ispaniya chempionatida peshqadamlik qilayotgan “Barselona” 15-tur uchrashuvida ko‘p ming sonli muxlislar ko‘z o‘ngida “Las-Palmas”dan 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Uchrashuvdan keyin kataloniyaliklar bosh murabbiy shogirdlarining o‘yini bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini aytib o‘tdi.
- Biz yaxshi o‘ynay olmadik, lekin jamoa ijobiy natijaga erishish uchun oxirigacha kurash olib bordi. Futbolchilarimiz ikkinchi bo‘limda yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalana olmadi. Bugun bizning kunimiz emas ekan.
O‘yinni nazorat qilsak, yaxshi natijaga erisha olamiz, xavfli vaziyatlar yaratamiz. Muammo shundaki, biz ilgari kiritgan gollarimizni bu gal urolmadik.
O‘zgarishimiz kerak, yaxshiroq himoyalanishimiz shart, mantiqni ishlatish zarur. Darvoza daxlsizligini saqlab qolish, bu butun jamoaning vazifasi, - dedi Xans-Diter Flik.

Fikrlar