Flik: "Asosiy muammo — jarohatlar bo‘ldi"
"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik joriy mavsumda uni eng ko‘p tashvishga solgan jihat haqida fikr bildirdi.
Kataloniyaliklar shanba kuni La Liga bahsida "Osasuna"ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, chempionlikka juda yaqinlashdi. Agar bugun "Real" ochko yo‘qotsa, "ko‘k-anorranglar" muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritadi. Aks holda, g‘oliblik masalasi kelasi haftagi "El-klasiko"da hal bo‘lishi mumkin.
"Bu mavsumdagi eng katta qiyinchilik? Biz juda ko‘p jarohatlar bilan to‘qnash keldik. Nazarimda, yangi mavsum oldidan aynan shu jihat ustida birinchi navbatda ishlashimiz kerak", — dedi Flik matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, nemis mutaxassisi "Barselona" bosh murabbiyligiga 2024 yil yozida tayinlangan edi.

Fikrlar