Flik "Atletiko"ga qarshi o'yindan so'ng hakamlikni tanqid qildi
"Barselona" Ispaniya kubogi yarim finalida "Atletiko"ga mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvdan so‘ng kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xansi Flik hakamlar faoliyatiga keskin baho berdi.
"Hakamlikni oddiy qilib aytganda juda yomon deb baholayman. Buni o‘yning ilk daqiqalaridanoq ko‘rish mumkin edi. Hech qanday qoidabuzarliklar qayd etilmadi. Hakam "Atletiko"ga nisbatan juda ko‘p narsaga ko‘z yumdi", — dedi Flik.
Shuningdek, nemis murabbiyi VAR tizimi ishlashiga ham e’tiroz bildirdi:
"VAR nima ekanini ham, u yerda nima bo‘layotganini ham tushunmayman. Biz hakamlarning bizga nisbatan qanday ishlashini yaxshi bilamiz. Ular hatto Baldega nisbatan bo‘lgan ehtimoliy qizil kartochkani ham tekshirishmadi. Ammo shunga qaramay, biz shikoyat qilmoqchi emasmiz", — deya qo‘shimcha qildi u.
Ma’lumot uchun,, javob uchrashuvi 3 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar