Flik “Barsa” bo‘yicha yakuniy qarorga keldi
“Barselona”ni qatorasiga ikkincha marotaba Ispaniya chempionatiga aylantirgan germaniyalik mutaxassis Hans-Diter Flik kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi.
Mashhur murabbiy kataloniyaliklar bilan amaldagi hamkorlikni uzaytiradigan bo‘ldi. Tomonlar hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha barcha shartlarni to‘liq kelishib olgan.
Yangi shartnoma 2028 yil yozigacha amal qiladi va yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyatini ham o‘z ichiga oladi. Hans-Diter Flik yangi bitim haqidagi qarorini shaxsan tasdiqladi:
- Men “Barselona” bilan yangi shartnoma imzolayman, - dedi murabbiy.
Bu haqida jurnalist Florian Plettenberg xabar berdi.
Hozirgi shartnoma 2027 yil yozigacha amal qiladi. Rasmiy e’lon keyinroq berilishi aytilmoqda.
“Barselona” bu mavsum Ispaniya chempionligini muddatidan oldin qo‘lga kiritdi. Jamoa 91 ochko bilan La Liga jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. Madridning “Real” klubi esa 77 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Chempionat tugashiga yana uch tur qolgan.

Fikrlar