Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Flik "Barsa"ning bir oʻyinchisiga chiqish eshigini yopdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Futbolchining maqomi o‘zgardi

«Barselona»ning yaqinda «Xetafe»ga qarshi o‘tkazgan La Liga uchrashuvida (3:0) asosiy tarkibda Fermin Lopes maydonga tushishi kutilgan edi. Biroq ushbu pozitsiyada Dani Olmo o‘ynadi va u ko‘rsatgan o‘yin bosh murabbiy Hans-Diter Flikni to‘liq qoniqtirdi.

Omaviy axborot vositalari vaqt-vaqti bilan Olmoni boshqa jamoalar, xususan «Bavariya» bilan bog‘lab kelmoqda. Ammo Flik bu futbolchini qo‘ldan chiqarish niyatida emas.  El Nacional o‘zi manbasiga tayanib xabar berishicha, katta miqdordagi taklif ham murabbiy fikrini o‘zgartirmaydi.

«Hans-Diter Flik «Barselona» futbolchilaridan biriga klubni tark etish yo‘lini yopdi. Flikning ishonchicha, Olmo uning rejalariда hal qiluvchi o‘rin tutadi va klub uni yo‘qotishga hech qanday sharoitda yo‘l qo‘ya olmaydi, qancha pul taklif etilmasin», — deya yozadi ispan nashri.

Taniqli Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, 28 yoshli Dani Olmoning bozor qiymati 60 million evroni tashkil etadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q