Flik “Barsa”dan ketishi kutilyapti, o‘rniga ikki nomzod bor

  • 28.11.2025 10:53
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Nufuzli manbalardan biri – El Chiringuito nashri “Barselona”ni Ispaniya chempioniga aylantirgan Xans-Diter  Flikning klubdan ketish ehtimoli va uning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan nomzodlar haqida xabar berdi.

Manbaning ta’kidlashicha, Kataloniya superklubida nemis murabbiyining kelajagiga nisbatan mavhumlik kuchayib bormoqda. Flikning joriy mavsumdan keyin klubdan ketishi bosh murabbiy sifatida qolishiga qaraganda aniqroq.

Xans-Diter Flik jamoaning beqaror natijalari tufayli katta bosim ostida qolgan va o‘ziga nisbatan bildirayotgan tanqidlarning katta qismini adolatsizlik,  deb hisoblaydi.

Vaziyat bir qator o‘yinchilar, xususan, Lamin Yamal va Robert Levandovski bilan keskin munosabatlar tufayli yanada yomonlashmoqda.

Klub prezidenti Joan Laporta va sport direktori Deku allaqachon yangi bosh murabbiy masalasini ko‘rib chiqmoqda. Asosiy favorit – Luis Enrike, ammo PSJ uni qo‘yib yuborish niyatida emas.

Ikkinchi nomzod  esa, Sesk Fabregas. Yosh murabbiy “Komo”dagi ishi bilan grand klublarda juda yaxshi taassurot qoldirmoqda va kataloniyaliklarning e’tiborini tobora ko‘proq jalb qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!