Flik “Barsa”ga mashhur futbolchi transferini blokladi
Milanning “Inter” klubi markaziy himoyachisi Alessandro Bastoni Hans-Diter Flik sababli “Barselona”ga transfer qilinmaydigan bo‘ldi.
Insayder Matteo Moretto ma’lumotiga ko‘ra, aynan nemis murabbiyi tufayli transfer muzokaralari to‘xtab qolgan.
Flik italyalik futbolchining ba’zi texnik jihatlari uning taktik tizimiga mos kelmasligiga tobora ko‘proq ishonmoqda.
“Barsa” sport direktori Deku bir necha oy davomida ushbu transfer ustida ishlagan, ammo endi kelishuv amalga oshmasligi mumkin.
Murabbiy klubdan bozorida boshqa variantlarni qidirishni so‘ramoqda.
Bastoni transferidagi yana bir muammo – uning yuqori narxi va “Inter”ning o‘yinchi transferi bo‘yicha kataloniyaliklarga imtiyoz berishni istamayotganidir.

Fikrlar