Flik “Barsa”ning transfer muzokaralarini to‘xtatdi
“Barselona” bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoa Ispaniya chempioni unvonini matematik jihatdan ta’minlab olmaguncha har qanday transfer muzokaralarini to‘xtatishni so‘radi.
Bu haqida Mundo Deportivo xabar bermoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, nemis mutaxassisi futbolchilariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan har qanday transfer mish-mishlaridan qochmoqchi.
Flik va klubning sport direktori Deku kelasi mavsum uchun allaqachon reja tuzib qo‘ygan, biroq murabbiy jamoani tark etadigan futbolchilar ro‘yxatini faqatgina chempionlik masalasi hal qilingandan keyin oshkor qilishni afzal ko‘rmoqda.
Ispaniya chempionatining 31 turidan keyin “Barselona” 79 ochko to‘plab, birinchi o‘rinni egallab turibdi va eng yaqin ta’qibchisi “Real”dan to‘qqiz ochko oldinda. La Liga mavsumi tugashiga yana yetti tur qolgan.

Fikrlar