Asosiy mazmunga oʻtish

Flik: "Bunday vaziyatga ko‘nikish kerak"

Jahongir Inomjonov
Izohlar: 0

Murabbiy noroziliklar haqida gapirdi

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik futbolchilarning kam o‘yin amaliyotidan noroziligi haqida fikr bildirdi.

- Futbolchilarning noroziligini tushunaman. Men professional futbolchi bo‘lganman va bunday holatni yaxshi bilaman.

Har bir futbolchi jamoaning bir qismi bo‘lishni va o‘z hissasini qo‘shishni istaydi. Biroq, norozilik munosabatini ma’qullamayman. Bu vaziyatga ko‘nikish kerak - dedi "Barselona" bosh murabbiyi.

Ma’lumot uchun, La Liga doirasidagi "Barselona" - "Selta" o‘yinida Ansu Fati maydonga tushmasligini bilib, suv qutisini tepib yubordi. Kataloniyaliklar qanot hujumchisi noyabr oyidan beri La Liga bahslarida maydonga tushmayapti.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q