Flik: “Droning qarori hafsalamni pir qildi”

  • 30.01.2026 19:28
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Hujumkor yarim himoyachi Dro Fernandes "Barselona"dan PSJga o'tishga qaror qildi. Matbuot anjumanida kataloniyaliklar bosh murabbiyi Hans-Diter Flik bu borada izoh berdi.

Droning qaroridan hafsalangiz pir bo'ldimi?

- Bu haqida ko'p gapirishni istamayman. Menga Dro juda yoqadi, lekin, albatta, hafsalam pir bo'ldi. Buni u ham biladi. Bu yerda uning kelajagi porloq bo'lardi. U boshqacha qaror qabul qildi va men uni hurmat qilishim kerak, - dedi Flik jurnalistlarga.

Xabaringiz bor, yaqinda Dro Fernandes 18 yoshni qarshi oldi. Yosh futbolchi PSJ bilan 2030 yilning yarmigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!