Flik: "Garsiya birinchi raqamli darvozabon, hech kim bilan almashtirilmaydi!"

  • 13.12.2025 00:04
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik klub darvozabonlarining o‘rni haqidagi savolga javob berdi.

Joriy mavsumda "blaugranaliklar"ning asosiy darvozaboni Joan Garsiya hisoblanadi. Ilgari uni Voytsex Shensni almashtirgan. Mark-Andre ter Shtegen esa uzoq muddatli jarohatdan so‘ng jamoaga qaytdi.

"Joan Garsiya – birinchi raqamli darvozabon! Lekin ikkinchi yoki uchinchi raqam yo‘q. Biz Joanni almashtirishni rejalashtirmaymiz, u yaxshi o‘ynaydi. 

Men Ter Shtegen bilan gaplashdim, bu mening ishim. Lekin bu suhbat faqat bizning oramizda qoladi", – dedi Flik matbuot anjumanida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!