Flik “Jirona”ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatga izoh berdi
“Barselona” bosh murabbiyi Hans-Diter Flik La Liganing 24-turi doirasida “Jirona”ga qarshi oʻyindagi (1:2) magʻlubiyatdan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi.
"Birinchi taymda bizda juda koʻp imkoniyatlar boʻldi. Ikkinchi taymda esa bunday vaziyatlar “Jirona”da koʻproq yuzaga keldi. Qarshi hujumlar paytida, ayniqsa himoyada, juda yomon harakat qildik. Ular gʻalabaga loyiq edi, chunki biz oʻz oʻyinimizni koʻrsata olmadik.
Futbolchilar maydon markazida pozitsiyalarni notoʻgʻri tanlashdi. Shuningdek, individual xatolarga yoʻl qoʻyildi. Biz yana yaxshi oʻynay boshlashimiz kerak. Hozirgi paytda nimadir oʻxshamayapti. Futbolchilarga dam olish kunlari juda zarur, chunki ular charchagan. Bu uzoq yoʻl, biz albatta qaytamiz", — dedi Flik.
Kunde bilan bogʻliq epizod haqida mutaxassis quyidagicha javob berdi:
"Bu vaziyat boʻyicha menda fikr yoʻq", — dedi u.
Maʼlumot uchun, ayni paytda kataloniyaliklar 58 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi oʻrinda bormoqda.
Fikrlar