Flik kechikkan Yamalni nega jazolamadi?

  • 17 oktabr, 16:27
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik avvalroq kechikkan futbolchilarni o‘yin yoki mashg‘ulot oldidan zaxiraga qoldirib jazolagan holatlar bo‘lgan.

Tecno

Biroq AS nashri ma’lumotiga ko‘ra, Lamin Yamal bu safar jazodan qutulib qolgan. U Chempionlar ligasidagi PSJga qarshi (1:2) o‘yin oldidan yig‘ilishga o‘z vaqtida kelmagan bo‘lsa-da, asosiy tarkibda maydonga tushgan.

Cadena SER jurnalisti Manu Karrenoning so‘zlariga ko‘ra, sport direktori Deku vaziyatga aralashgan va Flikni Yamalni zaxirada qoldirmaslikka ko‘ndirgan. Nemis mutaxassis esa qarorining shubha ostiga olinganidan mamnun bo‘lmagan, chunki uning fikricha, jazo qo‘llanilsa, u barcha uchun teng bo‘lishi kerak.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jamoa ichida Yamalga nisbatan chora ko‘rilmagani boshqa futbolchilarning hayratiga sabab bo‘lgan. Masalan, Jyul Kunde, Rafinya va Inyaki Penya shunga o‘xshash holatlar uchun jazolangan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!