Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Flik Kunde kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Bu oʻyinchi muhokamalarga sabab boʻlyapti

«Barselona» himoyachi Jyul Kunde bilan yo‘llarni ajratishga hozircha shoshilmayapti.

27 yoshli futbolchi so‘nggi paytlarda «blaugrana»ning asosiy tarkibidagi o‘rnini yo‘qotdi. 

Shu bois ayrim manbalar uning qishki transfer oynasyoqoq klubni tark etishi mumkinligi haqida yozmoqda. Ammo TEAMtalk nashri ma’lumoticha, kataloniyaliklar bosh murabbiyi Hans-Diter Flik fransuz futbolchisining ketishini ma’qullamayapti. Kundening o‘zi ham jamoani tark etishga oshiqmayotgani haqida avvalroq bir necha manbalar xabar bergan edi.

Transfermarkt portali Jyul Kundening bozor qiymatini 55 million yevro atrofida baholagan. Unga «Chelsi» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Himoyachining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q