Flik Mourin'yo “Real”ga kelishiga qattiq munosabat bildirdi

  • 24.05.2026 07:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ketma-ket ikkinchi yili “Barselona”ni Ispaniya chempioniga aylantirgan Hans-Diter Flik “Real” bosh murabbiyligiga Joze Mourin'yo kelishi haqidagi xabarlarga  munosabat bildirdi.

- Ha, endi nega Mourin'yo kelmasligi kerak? U raqib jamoa murabbiyi bo‘ladi va men har kim bilan to‘qnash kelishga tayyorman, - dedi Flik.

Avvalroq, Joze Mourin'yoning “Real” jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanishi “Qirollik klubi”dagi prezidentlik saylovlari natijalari e'lon qilinguncha kechiktirilishi xabar qilingan edi.

Mourin'yo Turkiya chempionatidan ketganidan keyin joriy mavsum “Benfika”ni boshqardi. Ayni paytda portugalik mutaxassis “Real”da ish boshlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda va tarkib imkoniyatlarini o‘rganib chiqyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!