Flik: "Reshford zaxirada bo‘lsa ham, jamoa manfaatini birinchi o‘ringa qo‘yadi"
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Flik Markus Reshfordning oxirgi uchrashuvlarda ko‘pincha zaxirada qolgani haqida fikr bildirdi.
Flikning ta’kidlashicha, Reshfordning professionalligi va jamoaga bo‘lgan munosabati yuqori darajada:
"Agar u zaxirada bo‘lsa, demak, biz juda kuchli tarkibni maydonga tushirganmiz. Uning ishga bo‘lgan munosabati a’lo, o‘zi esa yaxshi sportformasida.
Markus menga xavotir olmasligimni, eng muhimi — jamoa ekanini aytdi. Mana shu munosabat uni ajratib turadi. Uning bu erda ekani meni juda xursand qiladi", - deya ta’rif berib o‘tdi germaniyalik murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, angliyalik hujumchis so‘nggi 5 ta bellashuvning 4 tasida zaxira o‘yindig‘ida qoldirildi.
Fikrlar