Flik "Xetafe"ga qarshi o'yin oldidan ikki yo'qotishni tasdiqladi
"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik "Xetafe"ga qarshi o'yin oldidan Rafinya va Mark Bernal jamoaga yordam bera olmasligini ma'lum qildi.
Murabbiyning aytishicha, har ikki futbolchi hali jamoa bilan mashg'ulotlarga qaytmagan.
"Futbolchi tayyor bo'lsa va jamoa bilan mashq qilsa, unga tayanish mumkin. Ammo ular ikkalasi ham biz bilan hali shug'ullangani yo'q. Mark Bernal va Rafinya o'ynay olmaydi. Ular holatini kunma-kun kuzatyapmiz. Kelasi hafta vaziyat ancha yaxshilanishiga umid qilaman", — dedi Flik.
Eslatib o'tamiz, "Xetafe" — "Barselona" uchrashuvi La Liganing 32-turidan o'rin olgan bo'lib, 25 aprel kuni bo'lib o'tadi. Kataloniyaliklar ushbu bahsga ikki muhim futbolchisiz chiqadi.

Fikrlar