Flik Yamalning “El-Klasiko”da ishtirok etishi noma’lum ekanligini aytdi

  • 04.10.2025 16:40
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" bosh murabbiyi Xansi Flik Lamin Yamalning jarohati haqida fikr bildirdi.

Ma’lumki, "Barselona" vingeri jarohati sababli 2–3 hafta davomida safdan chiqdi va shu bois Ispaniya terma jamoasining navbatdagi o‘yinlarini ham o‘tkazib yuboradi.
Flik esa Yamalning oldingi xalqaro tanaffus paytida ham jarohat bilan o‘ynaganidan norozi ekanini ochiq aytdi.

"Biz uning qachon qaytishini bilmaymiz. Bu oson jarohat emas, mushak bilan bog‘liq emas. U ikki, uch yoki to‘rt haftada tiklanadimi — bilmayman. “El-Klasiko”ga ulgura oladimi, bu ham noma’lum. Hozircha u mutaxassislar bilan ishlamoqda va biz jarayonni kuzatamiz", -- dedi mutaxassis.

Lamin Yamal hozircha tiklanish jarayonida bo‘lib, “Barselona” uni “El-Klasiko”ga etkazishga umid qilmoqda.

Ma’lumot uchun, kataloniyaliklar La Liganing 8-turida “Sevilya”ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv ertaga Toshkent vaqti bilan 19:15 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!