Flik yanvarda birinchi olinadigan to‘purarni tanladi
Jamoaga aynan shu oʻyinchi kerak
Kataloniyaning mashhur «Barselona» klubi qishki transfer oynasi uchun ehtimoliy yangi futbolchilar ro‘yxatini kengaytirmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan insayder Ekrem Konur ma’lumotlariga ko‘ra, Kolumbiya terma jamoasi va Lissabonning «Sporting» klubi hujumchisi Luis Suarez «Barselona»ning qisqa ro‘yxatiga kiritilgan.
28 yoshli forvard o‘tgan yil yozidan beri Lissabon klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning «sherlar» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali Suarezning bozor qiymatini 30 million yevro atrofida baholamoqda.
Portugaliya chempionatining joriy mavsumida Luis yetti o‘yinda maydonga tushib, olti bor raqib darvozasini ishg‘ol etgan.

Izohlar (0)