Florentino Peres Alonsoni emas boshqa murabbiyni tanlagan edi
Xabi Alonso ishdan bo‘shatilganidan so‘ng katta sirlar fosh bo‘lmoqda.
Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres klubning sobiq bosh murabbiyi Xabi Alonsoni ish vaqtida hech qachon ko‘llab-quvvatlamagan. Bu haqida ESPN nashri xabar barmoqda. Manbaga ko‘ra, Alonsoni klubga tayinlanishini ijrochi direktor Xose Anxel Sanches talab qilgan. Qayd etilishicha, Sanches ispaniyalik mutaxassis bilan muzokaralar olib borgan. Peresning g‘oyasi esa boshqa murabbiy tayinlash bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, "qirollik klubi" Alonso qo‘l ostida 34ta o‘yin o‘tkazib, ularning 24tasida g‘alaba qayd etgan, 6ta o‘yinda esa durang va yana shuncha o‘yinda mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan edi.
Fikrlar
хато