Florentino Peres avtomatik tarzda "Real" prezidenti bo‘ldi

  • 13 aprel, 2021, 11:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Florentino Peres saylovlarda ishtirok etish uchun ariza bergan yagona nomzod bo‘lgani uchun avtomatik ravishda "Real" prezidenti lavozimiga qayta saylandi.

Tecno

Endi 74 yoshli amaldor Madrid klubini 2025 yilgacha boshqaradi. U "Real"ga (klub byudjetining 15%) 124 million evro miqdorida mablag‘ etkazib berishni kafolatlagan yagona odamga aylandi.

Peres so‘nggi 12 yil davomida Madrid klubini boshqargan. Bundan oldin u 2000-2006 yillarda ham "Real" prezidenti lavozimida ishlagan.

“Real” ayni damda La Ligada 2-o‘rinda bormoqda. “Qirollik klubi” UEFA Chempionlar ligasi chorak finalida ham kurashni davom ettirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!