Florentino Peres: Superliga futbolchilari jahon va Evropada chempionatidan chetlatilmasligiga kafolat beraman!

  • 20 aprel, 2021, 12:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA va FIFA rahbariyati futbol olamida yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olib, yangi tuzilgan Evropa Superligasida maydonga tushadigan futbolchilar xalqaro turnirlardan, xususan, jahon va qit’a chempionatlaridan chetlatilishi mumkinligini bildirgandi.

Tecno

Evropa Superligasining prezidenti ekani rasman tasdiqlanganidan keyin Florentino Peres turnirda qatnashadigan futbolchilarni himoya qila olishini aytdi.

- Superliga klublarining barcha o‘yinchilari qit’a va jahon chempionatlaridan chetlatilmaydi. Men buni kafolatlayman. Ular bunga yuz foiz amin bo‘lishi mumkin. Superligada qatnashadigan jamoalar ham milliy chempionatlardagi o‘rnini saqlab qoladi, - dedi Superliga rahbari Florentino Peres.

Hozircha, yangi loyihada 12 ta superklub ishtirok etishini tasdiqlagan. Ular orasida UEFA shafeligidagi turnirlardan voz kechishga tayyorlari ham bor. Vaziyat hali echimini topadigan emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!