
Floyd Meyvezer: "Jeyk Pol haqiqiy bokschilar bilan jang qilmasligi kerak"
Besh vazn toifasidagi sobiq jahon chempion Floyd Meyvezer Jeyk Polning boksdagi faoliyati haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Jeyk Polning hozirda qilayotgan ishlari juda yaxshi, lekin haqiqiy bokschi bilan jang qilmaslikni maslahat berardim. Fikrimcha, Pol MMA yigitlari va blogerlar bilan kurashishda davom etishi kerak. Yaqinda Jeyk Saul Alvares bilan jang qilmoqchiligini aytdi. Ammo men unga buni tavsiya bermayman. Aks holda, "Kanelo" uni yanchib tashlaydi", - dedi Meyvezer.
Eslatib o‘tamiz, bloger sifatida ish boshlagan Pol ayni paytda hammaning diqqat markazida bo‘lib turibdi. U hozirga qadar o‘n bitta jang o‘tkazib, Tayron Vudli va Neyt Diaz kabi yirik nomlarni mag‘lub etdi. Ammo u tajribasiz professional bokschi Tommi Fyuriga yutqazib qo‘ydi.
Fikrlar