Floyd Meyvezer Saul Alvaresni qo‘rqoqlikda ayblamoqda!

  • 28 iyun, 2023, 14:32
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Floyd Meyvezerning fikricha, Saul Alvares David Benavides bilan jang qilishdan qochyapti.

“Biz “Kanelo” va Benavides o‘rtasidagi jang zarurligi haqida gapirishda davom etamiz. Saul ajoyib bokschi, lekin menimcha, u Daviddan qo‘rqadi. Bu mening shaxsiy fikrim va buni bildirishga to‘liq haqqim bor.

Menimcha, bu shunday. Biz “Kanelo”ning Benavides bilan jangini ko‘rishni istaymiz. Keling, buni amalga oshiraylik!", - dedi beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!