Foden va Grinvud jarimaga tortildi hamda Angliya terma jamoasidan chetlatildi

  • 7 sentabr, 2020, 23:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya terma jamoasi futbolchilari – Fil Foden va Meyson Grinvud mamlakatdagi karantin qoidalarini buzganligi uchun 1300 funtdan (deyarli 1500 evro) jarima to‘laydi. Bu haqda Sky Sports xabar tarqatmoqda.

Tecno

Gap shundaki, Foden va Grinvud Islandiyaga qarshi safar uchrashuvi paytida karantin qoidalarini buzib, mehmonxonaga qizlarni chaqirgan. Shundan so‘ng, ushbu ikki futbolchi Angliya terma jamoasidan chetlatildi va Millatlar ligasining Daniyaga qarshi o‘yinida ishtirok etmaydigan bo‘ldi.

«Manchester Siti» va «Manchester Yunayted» klublari rahbariyati esa, futbolchilarining xatti-harakatlaridan hafsalasi pir bo‘lganini ma’lum qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!