Asosiy mazmunga oʻtish

Formula-1. Barcha jamoalarning 2026 yilgi mavsum uchun tarkiblari ma’lum

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

2026 yildan boshlab "Qirollik poygalari"da 11 ta jamoa ishtirok etadi

Formula-1'ning barcha jamoalarining kelasi mavsum uchun tarkiblari ma’lum bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, 2 dekabr kuni "Red Bull" 2026 yilgi mavsumda Maks Verstappenning yangi jamoadoshi Isak Xadjar bo‘lganini e’lon qilgandi. "Reysing Bullz"da esa yangi mavsumda Liam Louson va hozirda Formula-2'da ishtirok etayotgan Arvid Lindblad harakat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yildan boshlab "Qirollik poygalari"da 11 ta jamoa ishtirok etadi. Chempionatning yangi ishtirokchisi Serxio Peres va Valtteri Bottas "Kadillak" sharafini himoya qilishadi.

"Maklaren": Oskar Piastri, Lando Norris;
"Mersedes": Jorj Rassell, Andrea Kimi Antonelli;
"Red Bull": Maks Verstappen, Isak Hajar;
"Ferrari": Sharl Lekler, Lyuis Xemilton;
"Uilyams": Aleks Albon, Karlos Sayns;
"Reysing Bullz": Liam Louson, Arvid Lindblad;
"Aston Martin": Fernando Alonso, Lens Stroll;
"Audi": Niko Xyulkenberg, Gabriel Bortoleto;
"Xaas": Esteban Okon, Oliver Berman;
"Alpin": Per Gasli, Franko Kolapinto;
"Kadillak": Serxio Peres, Valtteri Bottas.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q