Formula-1. Ettita poygachi finishga yetib kelolmagan poygada 19 yoshli Antonelli g'alaba qozondi. Xemilton 2 yildan so'ng yana podiumda
Formula-1 2026 yilgi mavsumning ikkinchi bosqichi Xitoyning Shanxay xalqaro avtodromida bo‘lib o‘tdi. Unda “Mersedes”ning 19 yoshli italyalik poygachisi Andrea Kimi Antonelli faoliyatidagi birinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Marraga ikkinchi bo‘lib uning jamoadoshi Jorj Rassell yetib keldi. Uchinchi o‘rinni esa, “Ferrari” poygachisi, 7 karra jahon chempioni Lyuis Xemilton egalladi. Britaniyalik yulduz “Skuderiya” safida o‘zining birinchi shohsupasini qo‘lga kiritdi. Oxirgi marta Xemilton 2024 yilda “Mersedes” safida Las-Vegas Gran-prisida podiumga ko‘tarilgan edi.
Yakuniga yetgan Xitoy Gran-prisida 7 ta poygachi ishtirokini tugata olmadi. Alek Albon, Oskar Piastri, Gabriyel Bortoleto va amaldagi jahon chempioni Lando Norris bolidlardagi muammo tufayli poygada ishtirok etishmadi.
4 karra jahon chempioni Maks Verstappen, “Aston Martin” poygachilari Fernando Alonso va Lens Stroll poyga davomida o‘z ishtiroklarini erta yakunlashga majbur bo‘lishdi.
Formula-1. Xitoy Gran-prisi. 2-bosqich
1. Andrea Kimi Antonelli ("Mersedes") - 56 aylana.
2. Jorj Rassell ("Mersedes")
3. Lyuis Xemilton ("Ferrari").
4. Sharль Lekler ("Ferrari").
5. Oliver Berman ("Xaas")
6. Pyer Gasli ("Alpin")
7. Liam Louson ("Reysing Bulls")
8. Isak Xadjar ("Red Bull")
9. Karlos Sayns ("Uilyams")
10. Franko Kolapinto ("Alpin")
11. Niko Hyulkenberg ("Audi")
12. Arvid Lindblad ("Reysing Bulls")
13. Valteri Bottas ("Kadilak")
14. Esteban Okon ("Xaas")
15. Serxio Peres ("Kadilak")
Maks Verstappen ("Red Bull") - DNF.
Fernando Alonso ("Aston Martin") - DNF.
Lens Stroll ("Aston Martin") - DNF.
Oskar Piastri ("Maklaren") - DNS.
Lando Norris ("Maklaren") - DNS.
Gabriyel Bortoleto ("Audi") - DNS.
Aleks Albon ("Uilyams") - DNS.
Fikrlar