Formula-1. Maks Verstappen Ozarbayjon Gran-prisi g‘olibi

  • 21 sentabr, 18:47
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Avto/Moto
CHERY AUTO

Formula-1ning Ozarbayjonning Boku shahrida bo‘lib o‘tgan poygasi o‘z nihoyasiga etdi. Unda "Red Bull" poygachisi va amaldagi jahon chempioni Maks Verstappen g‘olib bo‘ldi. Ikkinchi bo‘lib, "Mersedes" piloti Jorj Rassel, uchinchi bo‘lib esa, "Uilyams" haydovchisi Karlos Sayns marraga etib kelishdi. 

Tecno

Chempionlik uchun kurashda etakchilik qilayotgan "Maklaren" poygachisi Oskar Piastri birinchi aylananing o‘zida devorga urilib poygani tark etdi. Uning chempionlikdagi taqibchisi hamda jamoadoshi Lando Norris yomon saralashdan so‘ng, poygani 7-o‘rinda yakunladi.    

Bunda tashqari, saralashda birinchi o‘rinni olgan, poyga davomida har bir aylanada etakchilik qilib, marraga birinchi kelgan Verstappen faoliyatidagi 6-katta shlemni yutdi. Shu tariqa, 4 karra jahon chempioni bu borada Lyuis Xemiltonga etib oldi. Eng ko‘p katta shlem sohibi Jim Klark hisoblanadi (8 ta).

1. Maks Verstappen ("Red Bull") - 51 davra.
2. Jorj Rassel ("Mersedes") +14.609.
3. Karlos Sayns ("Uilyams") +19.199.
4. Andrea Kimi Antonelli ("Mersedes") +21.760.
5. Liam Louson ("Reysing Bulls") +33.290.
6. Yuki Tsunoda ("Red Bull") +33.808.
7. Lando Norris ("Maklaren") +34.227.
8. Lyuis Xemilton ("Ferrari") +36.310.
9. Sharl Lekler ("Ferrari") +36.774.
10. Isak Xajar ("Reysing Bulls") +38.982.
11. Gabriel Boroleto ("Kik-Zauber") +1:07.606.
12. Oliver Berman ("Xaas") +1:08.262.
13. Aleks Albon ("Uilyams") +1:12.870.
14. Esteban Okon ("Xaas") +1:17.580.
15. Fernando Alonso ("Aston Martin") +1:18.707.
16. Niko Xyulkenberg ("Kik-Zauber") +1:20.237.
17. Lens Stroll ("Aston Martin") +1:36.392.
18. Per Gasli ("Alpin") +1 aylana.
19. Franko Kolapinto ("Alpin") +1 aylana.
20. Oskar Piastri ("Maklaren") - avariya.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!