Formula-1. “Mersedes”dan dubl. Verstappen eng yaxshi poygachi. Hemilton shohsupaga chiqishiga bir qadam yetmadi

  • 08.03.2026 11:58
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Avto/Moto

8 mart kuni Melburndagi Albert-Park shahar trassasida 2026 yildgi Formula-1 mavsumining birinchi poygasi - Avstraliya Gran-prisi bo‘lib o‘tdi, unda "Mersedes" poygachisi Jorj Rassell g‘alaba qozondi. Ikkinchi bo‘lib marraga uning sherigi Andrea Kimi Antonelli yetib keldi. Uchinchi o‘rinni Sharl Lekler ("Ferrari") egalladi, u poyganing boshlang‘ich qismida yetakchilik qildi, ammo "Mersedes"ning ikki poygachisidan farqli o‘laroq, virtual xavfsizlik mashinasi rejimida pit-stop o‘tkazmadi va liderlikni boy berdi. “Ferrari”ning ikkinchi poygachisi, 7 karra jahon chempioni Lyuis Xemilton ham pit-stop o‘tkazmagani uchun ehtimoliy shohsupadan mahrum bo‘ldi. Britaniyalik poygachi finish chizig‘ini to‘rtinchi bo‘lib bosib o‘tdi.

"Maklaren" haydovchisi Oskar Piastri start oldidan o‘tkaziladigan “saflanish aylanasida” avariyaga uchradi va poygada ishtirok etmadi. "Audi" a’zosi Niko Hyulkenberg ham texnik muammolar tufayli trassani tark etdi. Poyga davomida "Aston Martin" haydovchilari Fernando Alonso va Lens Stroll (ular qisqa vaqtga trassaga qaytishgan), shuningdek, "Red Bull" poygachisi Isak Hadjar va "Kadilak"dan Valtteri Bottas poygani yakunlay olishmadi.

To‘rt karra jahon chempioni Maks Verstappen ("Red Bull") 20-o‘rindan Gran-prini boshlab, oltinchi o‘ringa yorib kirdi va “Kunning eng yaxshi poygachisi” deb topildi. Amaldagi chempion Lando Norris esa beshinchi o‘rinni egalladi.

1. Jorj Rassell ("Mersedes") - 58 aylana

2. Andrea Kimi Antonelli ("Mersedes") +2,974.

3. Sharl Lekler ("Ferrari") +15,519.

4. Lyuis Xemilton ("Ferrari") +16,144.

5. Lando Norris ("Maklaren") +51,741.

6. Maks Verstappen ("Red Bull") +54,617.

7. Oliver Bærmen ("Xaas") +1 aylana.

8. Arvid Lindblad ("Reysing Bullz") +1 aylana.

9. Gabriyel Bortoleto ("Audi") +1 aylana.

10. Pyer Gasli ("Alpin") +1 aylana.

11. Esteban Okon ("Xaas") +1 aylana.

12. Aleks Albon ("Uilyams") +1 aylana.

13. Liam Louson ("Reysing Bullz") +1 aylana.

14. Franko Kolapinto ("Alpin") +2 aylana.

15. Karlos Sayns ("Uilyams") +2 aylana.

16. Serxio Peres ("Kadilak") +3 aylana

17. Lens Stroll ("Aston martin") +15 aylana.

DNF/DNS

18. Fernando Alonso ("Aston Martin")

19. Valtteri Bottas ("Kadilak") 

20. Isak Hadjar ("Red Bull") 

21. Oskar Piastri ("Maklaren") 

22. Niko Hyulkenberg ("Audi") 

Ma’lumot o‘rnida, navbatdagi bosqich Xitoyning Shanxay shahrida 13 martdan 15 martgacha o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!