
"Fotih Karagyumruk" o‘z maydonida kichik kambek qurboni bo‘ldi
Turkiya chempionatining 28-turida "Fotih Karagyumruk" "Fenerbahche"ni o‘z maydonida qabul qilib, 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Dastlab, 24-daqiqada Ozdoev hisobni ochdi. Ammo mehmonlar ikkinchi taymda ikki bor Batuhan darvozasini ishg‘ol qilib, oldinga chiqib oldi. Otabek Shukurov mazkur bahsda 85 daqiqa harakat qildi.
Shu tariqa, "Fotih Karagyumruk" turnir jadvalida 9-o‘ringa tushib ketdi. "Fenerbahche" esa 2-pog‘onaga chiqib oldi
Fikrlar