
Frantsiya chempionatining ham boshlanish sanasi ma’lum qilindi
Frantsiya professional futbol klublari assotsiatsiyasi prezidenti Bernard Kayatstso mamlakat chempionatining taxminiy boshlanish sanasini ma’lum qildi.
“Mavsumni har qanday holatda ham yakunlashimiz kerak. Xatto, iyul va avgust oylarida ham futbol o‘ynashga to‘g‘ri kelishi mumkin. Hozirda klublar haftasiga 250 mln evro zararga kirishmoqda. Mavsum 15 iyunda tiklanishi mumkin”, - deydi Kayatstso.
Eslatib o‘tamiz, Frantsiya chempionati koronavirus pandemiyasi sabab to‘xtatib qo‘yilgan edi. Uning yakunlanishiga esa yana 10 ta tur bor.
Fikrlar