Frantsiya Jahon chempionatlari tarixida noyob rekord o‘rnatdi
Frantsiya milliy terma jamoasi "JCh-2026" 1/16 finalida Shvetsiyani 3:0 hisobida mag‘lub etib, nafaqat keyingi bosqichga yo‘l oldi, balki Jahon chempionatlari tarixida noyob rekord o‘rnatdi.
Squawka ma’lumotiga ko‘ra, "uchranglilar" mundiallarda ketma-ket beshta o‘yinda kamida uchtadan gol urgan tarixdagi ilk terma jamoaga aylandi.
Ushbu seriyaga Norvegiya (4:1), Iroq (3:0), Senegal (3:1) va Shvetsiya (3:0) ustidan qo‘zilgan g‘alabalar, shuningdek, "JCh-2022" finalida Argentina darvozasiga urilgan uchta gol ham kiradi.
Ma’lumot uchun, Didye Desham shogirdlari nimchorak finalda Paragvayga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar