
Frantsiya Liga 1 va Liga 2 da o‘yindan oldin qo‘l siqib ko‘rishish taqiqlandi
Frantsiya birinchi va ikkinchi divizonida to‘p suruvchi futbolchilar uchun koronavirus epidemiyasi sabab yangi ta’qiq kuchga kirdi. Bu haqida mamlakat futbol federatsiyasi rahbariyati ma’lumot berib o‘tdi.
O‘yindan oldin qo‘l siqib qo‘yishlar bo‘ylmaydi, bu sog‘liqni saqlash vazirligining tavsiyasi. Biz uchun eng muhimi o‘yinlarning bekor qilinmasligi", - deydi federatsiya rahbari Natali Bua de la Tur.
Ma’lumot o‘rnida, rasmiy manbalar ayni vaqtgacha Frantsiyada koronavirusga chalinganlar soni 191 nafarga etganligi xabar qilishmoqda.
Fikrlar