Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Frantsiya mutlaq rekord o‘rnatdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

O'yin birdan o'zgardi

Dushanba kuni Frantsiya terma jamoasi Millatlar ligasi doirasida Belgiyaга qarshi oʻyinda irodaviy gʻalabaga erishdi – 4:1 hisobida.

Uchrashuvning katta qismida hisob Belgiya foydasiga boʻlib turdi, fransuzlar esa faqat 77-daqiqadan soʻng oʻyinni tubdan oʻz tomonlariga burishga muvaffaq boʻldi. Shu paytdan keyin «uch ranglilar» raqib darvozasiga toʻrtta gol urdi. 

Opta maʼlumotlariga koʻra, Frantsiya futbolchilari Belgiya jamoasining jarima maydonida toʻpga 76 marta tegishgan. Bu – soʻnggi 20 yil ichida, yaʼni statistika yuritila boshlanganidan beri terma jamoa uchun mutlaq rekord hisoblanadi. 

Belgiya futbolchilari esa Frantsiya jarima maydonida bor-yoʻgi sakkiz marta toʻpga tegishga ulgurgan.

Zinedin Zidan boshqaruvidagi jamoa Millatlar ligasining «A» guruhida peshqadamlik qilmoqda. Frantsiya toʻrt turdan soʻng 10 ochko jamgʻargan. Jadvalda keyingi oʻrinlarda Italiya (7 ochko), Belgiya (6) va Turkiya (6) jamoalari joy olgan. Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yozda Zinedin Zidan terma jamoada Didye Desham oʻrnini egallagan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q