
Frantsiya terma jamoasi yuqotishlar girdobidan chiqmoqda
Frantsiya terma jamoasi markaziy himoya chizig‘i vakillari Rafael Varan va Ibraima Konate mashg‘ulotlarga qaytdi. Kingsli Koman esa hamon o‘z xonasida qolmoqda va u hali sog‘aymadi. Bu haqda "L'Équipe" nashri xabar berdi.
Kechagi 16 dekabr kungi mashg‘ulotlarda "uch ranglilar"ning besh nafar futbolchisi ishtirok etmagandi.
Avvalroq, frantsiyaliklar kasallik tarqalishini oldini olish choralarini ko‘rib, jamoa yashayotgan mehmonxonaning barcha xodimlari niqob taqib yurishlari va oshxonalarda antiseptik gellar qo‘yilishini majburiy etib belgilangandi.
Eslatib o‘tamiz, Dide Desham shogirdlari 18 dekabr kuni o‘rtaga Jahon chempionati kubogi tikilgan o‘yinda Messi boshliq Argentina terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar