
Frantsiya terma jamoasining sobiq ustozi Superliga klubini boshqarishi mumkin
Frantsiyalik mashhur mutaxassis Loran Blan "Fenerbaxche" bosh murabbiyiga aylanishi mumkin. Bu haqda L’Equipe nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, klub rahbariyati mavsumlar oralig‘ida bosh murabbiy Ersun Yunalni o‘z davozimidan ozod qilmoqchi va o‘rniga aynan 54 yoshli Blanni olib kelmoqchi. Aytish kerakki, “Fenerbaxche” ayni damda Turkiya Superligasida 7-o‘rinda bormoqda.
Loran Blan esa 2016 yildan buyon ishsiz hisoblanadi. U faoliyati davomida “Bordo”, PSJ va Frantsiya terma jamoasini boshqargan.
Fikrlar
Sayt admenlari