Frantsiya yulduzi mundialda siniq umrtqa bilan o‘ynagani oshkor bo‘ldi

  • 17.07.2026 14:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiya milliy terma jamoasi va Londonning “Arsenal” klubi himoyachisi Vilyam Saliba 2026 yildgi jahon chempionati yarim finalida Ispaniyaga qarshi uchrashuvda maydonni tark etishiga ikki oy avval olgan umurtqa suyagi sinishi sabab bo‘lgan.

Bu haqida RMC Sport xabar berdi.

Saliba Ispaniyaga qarshi yarim final bahsining birinchi bo‘limida bel qismidagi og‘riqlar tufayli almashtirildi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi ushbu jarohatdan ikki oy davomida azob chekkan. U umurtqa suyagi sinishini Angliya Premier-ligasi o‘yinlaridan birida olgan.

Mundial davomida 25 yoshli himoyachi og‘riq qoldiruvchi dorilar ta’siri ostida maydonga tushgan va Frantsiya terma jamoasi tibbiy shtabi tomonidan har kuni nazorat qilib borilgan.

Shu sababli u jamoaning barcha mashg‘ulotlarida ishtirok eta olmagan.

Avvalroq fransuz futbolchisi jarrohlik amaliyotini boshdan kechirishi va uning tiklanish muddati dekabr oyigacha cho‘zilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Saliba jahon chempionatida beshta uchrashuvda ishtirok etdi.

2025/2026 yildgi mavsumda esa fransuz himoyachisi “Arsenal” safida barcha musobaqalarda 50 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!