Frantsiyani Vengriyaga kuchi etmadi

  • 19.06.2021 20:12
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol

Evro-2020 «F» guruhi 2-turi doirasida Frantsiya milliy jamoasi Vengriyaga qarshi maydonga tushdi.

Budapeshtdagi «Pushkash Arena»da o‘tgan bahsda mezbon sanalmish vengerlar guruh bosqichining eng kutilmagan natijalaridan birini qayd etishdi. 

Fiola birinchi bo‘lim yakunida hisobni ochgan bo‘lsa, 66-daqiqada Grizmann Mbappening uzatmasini golga aylantirib, jahon chempionlarini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi – 1:1.

Natijada Frantsiya 4 ochko bilan guruh peshqadami sifatida qolgan bo‘lsa, Vengriya 1 ochko bilan «o‘lim guruhi»da 3-o‘ringa ko‘tarildi.

Evro-2020. 2-tur
Vengriya – Frantsiya 1:1
Gollar
: 1:0 – 45 Fiola, 1:1 – 66 Grizmann.
Vengriya – Gulachi, Fiola, Salai, Orban, Nego, Nad, Shafer (Cheri, 76), Shallai, Klyaynxaysler (Lovrenchich, 84), Botka, Salai (Nikolich, 26).
Frantsiya – Loris, Varan, Kimpembe, Pavar, Din, Kante, Rabo (Dembele, 57; Lemar, 87), Pogba (Tolisso, 76), Benzema (Jiru, 76), Mbappe, Grizmann.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!